Serxio Buskets futboldan ketmoqda!

"Inter Mayami" yarim himoyachisi Serxio Buskets faoliyatini yakunlashga qaror qildi, deb xabar beradi COPE.
Manbaga ko'ra, 37 yoshli ispaniyalik bu boradagi qarorini MLS mavsumi yakunida e'lon qiladi. Bu klubning pley-offga chiqish-chiqmasligiga qarab noyabr yoki dekabr oylarida bo'ladi.
Busketsning Mayami klubi bilan shartnomasi 2025 yilning oxirigacha amal qiladi. Joriy mavsumda uning hisobida 37 ta o'yin va 7 ta golli uzatma bor.