Server Jeparov: «Futbol o'ynash degani – to'p bilan harakat qilishni anglatadi, biz esa barcha o'yinlarda to'psiz harakat qildik»

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Server Jeparov Fabio Kannavaro shogirdlarining jahon chempionatidagi ishtirokiga baho berdi.
«Bunday turnirda tajriba etishmadi. Bu O'zbekiston uchun debyut jahon chempionati hisoblanadi. Kolumbiya va Portugaliya bizdan ancha kuchli. Kongo DR esa kuchimiz etadigan raqib edi. Ammo biz futbol o'ynashni o'rganishimiz kerak, futbol o'ynash degani – to'p bilan harakat qilishni anglatadi, biz esa barcha o'yinlarda to'psiz harakat qildik. O'zbekiston uchun bu nomaqbul holat, biz to'p bilan o'ynashimiz, ustunlik qilishimiz shart, bu bizning kuchli tomonimiz. Himoyalanish ham kerak — bu o'yinning muhim elementlaridan biri. Ammo to'pni olib qo'ygandan keyin qanday o'ynash ham taktik jihatdan belgilovchi chizma hisoblanadi, shunchaki uzoqroqqa tepib yuborish emas. Uchta o'yin statistikasi shuni ko'rsatadiki, terma jamoamiz to'psiz o'ynadi. Bizda kuchli Evropa chempionatlarida o'ynaydigan uch nafar futbolchi bor, bu juda kam. To'g'ri tahlil qilish va kelajakda jahon chempionatlariga raqobatbardosh tayyorgarlik ko'rish hamda ishtirok etish, eng muhimi, ularda munosib qatnashish uchun 4-8 yillik strategiyani ishlab chiqish kerak», — dedi Server Jeparov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCh-2026 «K» guruhining so'nggi turida DR Kongoga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Eldor Shomurodov gol muallifiga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar