Server Jeparov Abduqodir Husanovning o'ziga xos jihatini ta'kidladi

O'zbekiston terma jamoasida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Server Jeparov Sports.kz nashriga bergan intervyusida Abduqodir Husanov O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylanish imkoniyati bor-yo'qligi haqida fikr bildirdi va uning asosiy fazilatini alohida ta'kidladi.
— Unda bunday darajaga chiqish uchun juda katta imkoniyatlar bor, vaqt ko'rsatadi. Shaxsan men unga muvaffaqiyatli faoliyat va ko'plab sovrinlar tilayman. Abduqodirning o'ziga xos jihati — uning mehnatkashligi, — dedi mutaxassis.
Qayd etish joiz, joriy mavsumda 22 yoshli Husanov «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Shuningdek, u ingliz grandi tarkibida ilk sovrini — Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi.
Manba: sports.kz