Sergey Lushchan: "Keyingi o'yindan oldin parallel ravishda Pro-Liga tayyorgarlik ko'ramiz. Boshqa variantimiz ham yo'q"

"Sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsa ro'y berdi. Hech qanday izoh bera olmayman. Raqib bizdan bir bosh ustun ekanligini yaqqol sezildi", - deya gap boshladi Sergey Lushchan.
- Jamoa safar o'yinlariga bora olmaydi degan xabar tarqaldi. Muammo hal etildimi?
- Xudo bizning nolalarimizni eshitdi. Bugun hisobimizga pul tushibdi. Olti oy deganda oylik olmay yurish oson emas. Endi biroz xotirjamroq nafas olamiz.
- "Mashal"ni Superligada jon saqlab olish imkoniyatlarini necha foizga baholaysiz?
- Qanday qilib bu haqda gapirish mumkin. Barchani bizni allaqachon "ko'mib" qo'ydi-ku. Men har doim ilojsiz narsaning o'zi yo'q deyman. Hayotimda bir marotaba bunday hodisaga guvoh bo'lganman. 1999 yilda SSKAda, birinchi davradan so'ng so'nggi o'rinda edi. Ikkinchi davrada esa barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, kumush medallarga ega chiqqandi. Men Oleg Dolmatov emasman va biz aniq SSKA emasmiz. Qiyin holatdamiz. Zaxira o'rindig'imiz, o'rinbosarlar jamoasidagi futbolchilar bilan to'lgan. Keyingi o'yindan oldin parallel ravishda Pro-Liga tayyorgarlik ko'ra boshlaymiz. Boshqa variantimiz ham yo'q. Futbolchilar soni va sifati yaxshiroq bo'lganida, kurashsak bo'lardi. Yetakchilar charchab qolishgan. Yosh yigitchalar bor. Ko'ramiz, bunday o'yin bilan Superligada jon saqlashimizga ko'zim etmayapti.

Kommentariyalar