Peterburgning "Zenit" klubi sobiq forvardi Serdar Azmunning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Armand Durn futbolchining Rossiya Premer-ligasiga qaytishi borasida fikr bildirdi.

"Menimcha, haqiqatan ham Serdarga Rossiyadan ma'lum bir qiziqish bor. Hozircha hech qanday gap-so'z bo'lgani yo'q, faqat qiziqish bor," - deya agentning so'zlarini keltiradi "RB Sport".

Eslatib o'tamiz, 30 yoshli eronlik hujumchi "Zenit"dan tashqari Rossiyada Qozonning "Rubin" va "Rostov" klublarida o'ynagan.

Ayni damda Sardor "Ash-Shabab" futbolchisi hisoblanadi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati etti million evroga baholanmoqda.