Serbiyaning "Tsrvena Zvezda" jamoasi mahalliy chempionatning asosiy bahsida "Partizan"ni mag'lub etdi.

Deyan Stankovich shogirdlari uchta javobsiz gol urishdi. Bu Belgrad derbisining 178-chi bahsi va "Red Star"ning 72-g'alabasi bo'ldi.

"Partizan" hisobida atigi 48 ta g'alaba bor. "Tsrvena Zvezda"ning 24 o'yinlik g'alaba farqi Belgrad derbisi uchun rekord ko'rsatkichdir; bu raqobat tarixida hech qachon "Tsrvena Zvezda" o'zining ashaddiy raqiblaridan g'alabalar bo'yicha bunchalik katta ustunlikka ega bo'lmagan.

Serbiya chempionatining keyingi turida "Tsrvena Zvezda" "Radnichki" bilan to'qnash keladi.