"Sepaxon"ga Doriev taklif qilindi

Eronning "Sepaxon" klubi o'z safiga yangi qanot vingeri qo'shib olishni istamoqda.
Jurnalist Narzulla Saydullaev xabariga ko'ra, fors klubiga agentlar "So'g'diyona"ning 30 yoshli chernogoriyalik hujumchisi Lyupcho Dorievni taklif qilgan.
Dorievning jizzaxliklar bilan shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan. U joriy mavsumda jami 32 ta o'yinda 16 ta gol urib, 12 ta golli uzatma berdi.