Senegalliklar AQShda ularga taqdim etilgan to'plar va maydonlardan norozi

Senegal terma jamoasi nihoyat AQShga etib keldi va mashg'ulotlarni boshladi, biroq futbolchilar ularga taqdim etilgan to'plardan hayratda qolishdi. Ularning traektoriyasi va erdan sakrashi oldindan aytib bo'lmaydigan darajada ekani aytilmoqda.
Shuningdek, maydon qoplamalarining xususiyatlari ham senegalliklarni tashvishga solgan. AQShdagi stadionlar, ma'lumki, boshqa sport turlari uchun mo'ljallangan, shu sababli maydonlar Evropadagi o'rganilgan qoplamalardan tubdan farq qiladi, deya aniqlik kiritadi «derbyderbyderby.it».
Shunga qaramay, Senegal terma jamoasining mashg'ulotidan olingan videolavha anchagina shov-shuvli bo'ldi va Amerika matbuotida bu mavzuda qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Muammoni hal qilish uchun tegishli choralar albatta ko'riladi.