Senegal yulduzi Marokashga berilgan g'alabadan g'azabda (foto)

«Lion» va Senegal terma jamoasi himoyachisi Mussa Niakate Afrika futbol konfederatsiyasining Afrika Kubogi—2026 finalida Marokashga g'alaba berish va o'yin paytida maydonni tark etgani uchun Senegalga «0:3» hisobida texnik mag'lubiyat yozish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Niakate o'z «storis»iga kubok va medal aks etgan suratni joylashtirib, shunday yozdi: «Keling va ularni olib keting. Ular aqldan ozibdi!» Ushbu iqtibos, ehtimol, Sparta podshohi Leonidning forslarning qurolni topshirish haqidagi talabiga bergan javobiga («Kel va ol») ishoradir.
Shuningdek, u taqdirlash marosimidan fotosurat e'lon qildi va: «Bu SI (sun'iy intellekt) emas, bu haqiqat», — deb yozib qoldirdi.
