Senegal terma jamoasi futbolchilari va murabbiylari Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokashga qarshi o'yinda (1:0) norozilik namoyishi o'tkazgani uchun 4-6 o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, deb xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.

Agar sanktsiyalar tasdiqlansa, diskvalifikatsiya 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi o'yinlariga taalluqli bo'ladi.

Bundan tashqari, musobaqa reglamentiga ko'ra, Senegal terma jamoasi delegatsiya va muxlislarning intizomsiz xatti-harakatlari uchun 50 mingdan 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi mumkin.