Senegal terma jamoasi Belgiya bilan o'yin oldidan asosiy darvozabonini yo'qotdi

Senegal terma jamoasi darvozaboni Eduar Mendi milliy terma jamoa qarorgohini tark etdi va davolanish muolajalarini o'tash uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Bu haqda DSports nashri xabar tarqatmoqda.
Posbon Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi doirasidagi Norvegiyaga qarshi uchrashuvda (2:3) jarohat orttirib olgan edi. Futbolchi bahsning ikkinchi bo'limida zaxiraga olingan. Mendining jarohati qanchalik jiddiy ekanligi hozircha ma'lum qilinmagan. Shuningdek, darvozabon Senegalning JChdagi keyingi o'yinlarida ishtirok eta oladimi yoki yo'qmi — bunisi ham noma'lum bo'lib turibdi.
Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Afrika vakillari Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv 1 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar