Senegal terma jamoasi JCh-2026 birinchi turida Frantsiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Omadsiz startga qaramay, jamoa eng oliy darajada qo'llab-quvvatlandi.

Mamlakat prezidenti Bassiru Diomay Fay uchrashuv yakunlanganidan so'ng milliy terma jamoaga murojaat yo'llab, futbolchilarning xarakteri va bor kuchlarini berib o'ynaganliklarini e'tirof etdi.

«Bizning Teranga sherlarimiz jahon chempionatining ilk uchrashuvida, shiddatli va oxirigacha muvaffaqiyatga bo'lgan ishonchni saqlab qolgan bahsda Frantsiyaga imkoniyatni boy berishdi», — dedi prezident.

23 iyun kuni Senegal Norvegiya bilan kuch sinashadi.