Senegal murabbiyi: «Norvegiya bilan o'yin — biz uchun final»

Senegal terma jamoasi ustozi Pap Tiav 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Norvegiya milliy jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«Biz ba'zi qiyinchiliklarga duch keldik, ammo hozir norvegiyaliklarga qarshi o'yinga to'liq e'tibor qaratganmiz. Bu og'ir bahs bo'ladi, lekin biz raqibni etarlicha yaxshi o'rgandik. Bu hozirgi bosqichda biz uchun final hisoblanadi. Agar yutqazsak, pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lishimiz mumkin», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Lequipe.
Senegal va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga, 23 iyun kuni bo'lib o'tadi, bosh hakamning hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 05:00da yangraydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar