Senegal jahon chempionati uchrashuvida 5 ta gol urgan ilk Afrika terma jamoasi bo'ldi.

Senegal yarim himoyachisi Ismaila Sarr jamoaning JChlardagi eng yaxshi to'purariga aylandi. Uning hisobida uchta turnirda — JCh-2018dan boshlab 4 ta gol bor.

Ushbu chempionatda u uchta gol urdi (Norvegiyaga dubl va Iroqqa gol), yana bir gol esa 2022 yilda Qatarda (Ekvador darvozasiga) kiritilgan edi. Ungacha uchta gol bilan Papa Buba Diop rekordchi edi.

Manba: Stadion.uz