Senegal ishdan bo'shatilgan murabbiy o'rniga nomzodlar izlamoqda

Senegal futbol federatsiyasi yangi bosh murabbiy izlashni boshladi. Avval xabar qilinganidek, Pap Tiav jamoa jahon chempionatining 1/16 final bosqichida musobaqani tark etganidan so'ng o'z lavozimidan ayrildi.
Daily Express ma'lumotlariga ko'ra, yangi bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzodlardan biri Patrik Vieyra hisoblanadi. Frantsuz mutaxassisi avvalroq «Kristal Pelas», «Jenoa» va «Nyu-York Siti» jamoalarida ishlagan. Futbolchi sifatida esa Vieyra «Arsenal», «Inter», «Manchester Siti» va boshqa bir qator mashhur klublardagi o'yinlari bilan tanilgan.
Tiav Senegal terma jamoasida 2024 yildan buyon ishlab, jamoani Afrika millatlar kubogi g'olibligiga olib chiqqan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar