Senegal Afrika Kubogidagi ikkinchi g'alabasini liboslarida aks ettirdi

Senegal terma jamoasi Peruga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'z liboslarida ikkita yulduz bilan maydonga tushadi. Ushbu yulduzlar jamoaning Afrika Kubogidagi g'alabalari sonini anglatadi.
O'yin 28 mart kuni «Stad de Frans» stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) Afrika Kubogi-2026 finalida Marokashga g'alabani taqdim etgan edi. Senegal terma jamoasiga esa uchrashuv vaqtida maydonni tark etgani uchun texnik mag'lubiyat yozilgan.