Sen-Maksimen JCh-2026'da Gaiti uchun o'ynashi mumkin

Hozirda Meksikaning "Amerika" klubi sharafini himoya qilayotgan frantsiyalik qanot vingeri Allan Sen-Maksimen 2026 yilgi Jahon chempionatida Gaiti terma jamoasi uchun o'ynashi mumkin.
Uning otasi gaitilik va futbolchi FIFAda hech qanday muammo yoki murakkab jarayonlarsiz Gaitini tanlashi mumkin.
Hozircha qaror qabul qilinmagan, ammo futbolchi bu imkoniyatni rad ham etmagan.
28 yoshli futbolchi Frantsiya U-16, U-17, U-20 va U-21 terma jamoalarida o'ynagan, ammo asosiy jamoada debyut qilmagan.