Mokvaning «Lokomotiv»ning sobiq bosh murabbiyi Yuriy Semin O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda Sports.kz «Sport-express.ru»ga tayanib xabar bermoqda.

«Jamoa ochko to'play olmadi. Ular keyingi bosqichga chiqa olishmadi, turnirda birorta ham yaxshi o'yin ko'rsatishmadi. Bu murabbiyning ishi qoniqarsiz ekanligini va uni ishdan bo'shatishlarini anglatadi, hammasi shunday. Timur Kapadzeni olib qolish kerakmidi? Balki kerakdir, balki yo'qdir», — dedi Semin.

Eslatib o'tamiz, Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan Timur Kapadzening o'rniga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Kannavaro boshchiligida O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida uchta mag'lubiyat qayd etib, «K» guruhida nol ochko bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz