"Bornmut" hujumchisi Antuan Semeno uchun transfer bozori qizg'inlashmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Chelsi" 25 yoshli futbolchi uchun poygaga qo'shilgan.

"Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" ham Semenoga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq matbuotda Semenoning shartnomasida 65 million funt sterling (taxminan 74,5 million evro) miqdorida tovon pulini to'lash bandi borligi haqida xabar berilgan edi.

Nufuzli insayder Fabritsio Romano ushbu band 10 yanvargacha amal qilishi mumkinligini ta'kidladi.