"Bornmut" klubi qanot hujumchisi Antuan Semeno Londonning "Tottenxem" klubi ro'yxatida bor. Ushbu ma'lumot TEAMtalk tomonidan e'lon qilindi.

Manbaga ishonadigan bo'lsak, Semenoga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda, ammo "Manchester Siti" yoki "Liverpul"ga qarshi kurashda yutqazib qo'yishidan xavotirda. Qayd etilishicha, "shporlar" qarorgohida futbolchining o'zi klubga qo'shilishni istashi yoki istamasligini aniq bilmaguncha hech qanday chora ko'rishni istashmayapti. Ular futbolchi "Arsenal"da o'ynashni aniq istagan Eberechi Eze bilan bog'liq vaziyat takrorlanishini istashmayapti.

Joriy mavsumda Semeno barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.