Semeno jarohat oldi

"Bornmut" yarim himoyachisi Entone Semeno jarohati sabab klubga muddatidan avval qaytadigan bo'ldi.
Juma kuni Yaponiyaga qarshi o'yinda Gana terma jamoasi yarim himoyachisi to'piq mushaklari bilan bog'liq muammolar tufayli almashtirildi. Keyinroq u "Bornmut"ga qaytishi va seshanba kuni Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuborishiga qaror qilindi.
"Fentezi"da Semeno eng ko'p ochko to'plagan (89) va mashhurlik bo'yicha 3-o'rinni egallagan (43,32%). 11 turda uning hisobida 6 gol va 3 golli uzatma bor.
Shanba kuni "Bornmut" o'z maydonida "Vest Xem"ga qarshi bahs olib boradi.