Antuan Semeno "Bornmut" muxlislariga murojaat qildi. Avvalroq, 26 yoshli vinger 62,5+1,5 mln funt evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi.

"Bu aql bovar qilmaydigan uch yil edi. Men bu erga juda yoshligimda, o'qish istagida, ambitsiyalar va muvaffaqiyatga chanqoqlik bilan kelganman.

Shunchaki aytmoqchimanki, "Bornmut" muxlislari alohida minnatdorchilikka loyiq. Siz men uchun alohida edingiz, siz ajoyib edingiz, meni qo'llab-quvvatladingiz, himoya qildingiz va menga o'yinchi sifatida kerak bo'lgan ishonchni berdingiz. Buning uchun sizga rahmat aytmoqchiman, xolos. Men buni hech qachon unutmayman va har doim minnatdor bo'laman", - dedi Semeno.