Yakshanba kuni APL doirasida «Tottenxem»ga qarshi o'yinda «Manchester Siti» vingeri Antuan Semeno gol urdi. Bu uning «shaharliklar» safidagi beshinchi o'yini bo'lib, shularning to'rttasida u gol muallifi bo'ldi.

Opta statistiklariga ko'ra, Premer-liga tashkil etilganidan (1992 yil) beri Semeno «Manchester Siti» safida ilk besh o'yinning to'rttasida gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bu natijani faqat Emmanuel Adebayor qayd etgan.