Frantsiyalik mutaxassis Vilfrid Nansi "Seltik" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Shotlandiya klubi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Glazgo klubi rahbariyati Nansi bilan ikki yarim yillik mehnat shartnomasini imzoladi. U 4 dekabr kuni ish boshladi.

Eslatib o'tamiz, noyabr oyi oxirida "Seltik" Brendan Rojers bilan xayrlashgandi.

14 o'yindan so'ng "Seltik" 32 ochko bilan Shotlandiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.