"Selta Vigo" bosh murabbiyi: "Asosiy maqsadimiz - La Ligada qolish"

"Selta Vigo" bosh murabbiyi Klaudio Xiraldes Evropa Ligasi doirasida "Lill"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
Ispaniya va Frantsiya klublari o'rtasidagi o'yin 22 yanvar kuni tunda bo'lib o'tadi.
"Bizning asosiy maqsadimiz - La Ligada qolish. "Lill"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonish yoki mag'lubiyatga uchrashdan qat'i nazar, bu ustuvorlik o'zgarmaydi.
Biroq, biz har qanday musobaqada iloji boricha yuqori o'rinlarni egallashni istaymiz. Evropa Ligasi biz uchun juda ilhomlantiruvchi turnir", dedi Xiraldes.