Sebalosning "Real"dan "Marsel"ga o'tishi nega barbod bo'lgani ma'lum bo'ldi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos "Marsel" bilan kelisha olmadi. Frantsuz klubi yozgi transfer oynasi yopilishidan biroz oldin ispaniyalik futbolchini sotib olishga yaqin edi, ammo so'nggi pallada kelishuv barbod bo'ldi. Madrid Zone xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" "provansalliklar" taklifini qabul qilgan, ammo futbolchining o'zi qo'shimcha komissiya to'lovlarini so'ragan, bu esa "Marsel"ni muzokaralarni to'xtatishga majbur qilgan.
Dani Sebalos 2017 yildan beri "Real"ga tegishli, uning ispan grandi bilan shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan. 29 yoshli xavbekka uning qadrdon klubi "Betis" ham qiziqish bildirgan.