Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos jamoaning "Levante"ga (2:0) qarshi o'yindagi harakatlari haqida fikr bildirdi.

"Qaymoqranglilar" yangi murabbiy Alvaro Arbeloa qo'l ostida ilk bor g'alaba qozonishdi. Gollarga 58 va 65-daqiqalarda Kilian Mbappe hamda Raul Asensio mualliflik qildi.

"Quyi blokda yaxshi himoyalanadigan jamoaga qarshi oson o'yin bo'lmasligini bilardik. Avvaliga unchalik yaxshi harakat qilmadik, lekin o'yin davomida asta-sekin yaxshilanib bordik. Yakunda uch ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik," - dedi Sebalos o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.