"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos qishki transfer oynasida jamoani tark etmaydi.

29 yoshli futbolchi kamdan-kam hollarda "Los Blankos"ning asosiy tarkibiga kiradi, ammo u ketishni istamaydiganga o'xshaydi.

"Carrusel Deportivo" nashrining xabar berishicha, yarim himoyachi boshqa klublarning qiziqishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, hech bo'lmaganda joriy mavsum oxirigacha "Los Blankos"da qoladi. Dani Sebalos bu mavsumda "Real Madrid" safida 19 ta o'yinda maydonga tushgan.