Sebalos Arbeloa bilan janjalni o'zi boshlamaganiga ishora qildi (foto)

«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalos Alvaro Arbeloa bilan nizosi borligi haqidagi ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligiga sha'ma qildi.
Avvalroq, Sebalos bosh murabbiydan u bilan aloqani to'xtatishni so'ragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta'kidlanishicha, «Real» rahbariyati futbolchi maydonda etarlicha vaqt ololmayotganini oqlash uchun ataylab nizo keltirib chiqargan, deb hisoblamoqda.
Shanba kuni Sebalos o'zining Instagram sahifasidagi «storis» bo'limiga «Real» mashg'ulotlaridan Vinisius Junior va Braim Dias bilan tushgan suratini joylashtirdi. Ushbu postga ispaniyalik xonanda Nani Kortesning «Todo es Mentira» («Bularning barchasi yolg'on») nomli qo'shig'ini ilova qildi. Shundan so'ng, Dani «Corridos del Rey» guruhining «Ayer hablé con Dios» («Kecha Xudo bilan gaplashdim») tregi ostida o'z suratini ham qoldirdi.

