Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos yozda jamoani tark etishga yaqin kelgandi, ammo oxir-oqibat qoldi.

U La Liga 4-turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va Xabi Alonsoning ishonchini oqladi.

Sebalos Bellingem va Kamavinganing safga qaytishidan avval o'zi uchun berilgan har qanday kichik imkoniyatdan ham foydalanishga harakat qilmoqda.