«Manchester Siti»ning braziliyalik vingeri Savio jamoani tark etishni qat'iy maqsad qilgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 22 yoshli futbolchi qishqi transfer oynasidayoq uni sotib olmoqchi bo'lgan Londonning «Tottenxem» klubiga o'tishga tayyor. Biroq «shaharliklar» o'rniga munosib o'rinbosar topmaguncha Savioni qo'yib yubormoqchi emaslar.

O'tgan mavsumda 22 yoshli vinger barcha turnirlarni hisobga olganda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Savinoning bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz