"Manchester Siti" vingeri Savino hujumchi Erling Xoland bilan o'yin haqida fikr bildirdi.

Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi Premer-liga va Chempionlar ligasining 22 o'yinida 23 ta gol urdi.

"Vinger sifatida bilasanki, to'pni kerakli zonaga etkazib bersang, Xolandni doim topa olasan. Uning jarima maydoni ichidagi harakati va hujumlarni yakunlash qobiliyati shunchaki ajoyib, u jamoa uchun juda muhim. Umid qilamanki, Erling uchun vaziyatlar yaratishda va uni qo'llab-quvvatlashda davom etaman", - deya braziliyalikning so'zlarini keltiradi jurnalist Martin Blekbern.

Savino joriy mavsumda 20 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.