«Tottenxem» «Manchester Siti» vingeri Savino xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Manba futbolchining ehtimoliy transfer borasidagi fikrini ochiqladi. Savino London jamoasiga o'tishga tayyor. Braziliyalik futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda. Bu haqda Football Insider nashri yozmoqda.

Savino «Manchester Siti» safida jami 84 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu bahslarda vinger «gol + pas» tizimida 7 ta gol va 16 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.