"Sautgempton" 33 yoshli bosh murabbiyni ishdan bo'shatdi va undan ham yosh mutaxassisni vaqtincha tayinladi

"Sautgempton" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Uill Still bilan shartnomani bekor qilganini ma'lum qildi. Bu qaror jamoaning Chempionshipdagi omadsiz starti — 13 o'yinda bor-yo'g'i 2 ta g'alaba.
Still yosh avlod murabbiylaridan biri hisoblanadi. Hozirda u 33 yoshda bo'lib, jamoa darvozaboni Aleks Makkartidan ikki yosh kichik.
Qizig'i shundaki, klub bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib yana bir yosh mutaxassis — 32 yoshli Tonda Ekertni tayinladi.
Manba: sport24.ru