Saul Alvares: "Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim"

Meksikalik sobiq mutlaq jahon chempioni Saul Alvares so'nggi jangi haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Men g'olibman, chunki men shu erdaman. Bu erda mag'lubiyat yo'q. Faoliyatimda erishish mumkin bo'lgan barcha yutuqlarni qo'lga kiritib bo'ldim.
Tavakkal qilishdan qo'rqmayman. Men u kabi bokschilar bilan hurmat bajo keltirgan holda jang qilaman. Agar yana shunday shouni uyushtira olsak, ajoyib bo'lardi. Krouford yaxshi bokschi", deydi Alvares.
Manba: Main Card