Saudiyaliklar "Real"ning sobiq futbolchisi transferiga qiziqish bildirmoqda.

"Oltin to'p" sohibi Karim Benzema to'p tepayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi frantsiyalikning sobiq jamoadoshi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'ldi.
Saudiyaliklar yozdayoq "Manchester Yunayted"ning braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Kazemiro transferini amalga oshirmoqchi. "Qizil iblislar" katta daromad olish uchun xavbekni sotish variantini ko'rib chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Kazemiro va Benzema Madridning "Real" klubida birga o'ynashgan va jamoa bilan birgalikda Ispaniyada ham, Evropa maydonlarida ham ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritishgan.