Saudiyaliklar JCh-2034da medal uchun kurashmoqchi: Terma jamoaga yulduz murabbiy keladi

Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2034 yilgi jahon chempionatiga tayyorlash uchun Dide Deshamni olib kelishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Sky Sport.
Saudiyalik amaldorlar frantsiyalik mutaxassis nafaqat bosh murabbiy vazifasini bajarishini, balki jamoaning butun tayyorgarlik jarayonini nazorat qilib, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini yillar davomida shakllantirib borishini rejalashtirmoqda. Deshamning maqsadi musobaqa medallari uchun kurasha oladigan raqobatbardosh jamoani yaratish bo'ladi.
Rasmiylar Deshamga jamoani boshqarish bo'yicha to'liq vakolatga ega sakkiz yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Avvalroq, 57 yoshli mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishi ma'lum bo'lgandi. U terma jamoada 2012 yildan beri ishlaydi, uning qo'l ostida frantsuzlar Rossiyada bo'lib o'tgan JCh-2018da g'olib chiqdi.