Saudiya klublari Ryudigerni kuzatishda davom etmoqda

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Saudiya Arabistoni chempionati vakillarining transfer maqsadlari qatorida qolmoqda.
Mish-mishlar nemis futbolchisini ketish bilan bog'lamoqda. 32 yoshli futbolchi Xabi Alonso davrida asosiy tarkibda doimiy o'ringa ega emas, yaqinda esa jiddiy jarohat olib, dekabrgacha safdan chiqqani aytilmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, saudiyalik klublar Ryudigerni "juda yaxshi ko'rishadi" - ular uni bir necha yildan beri kuzatib kelishmoqda va hamon taklif qilishdan manfaatdor.
Yanvar oyidan boshlab Antonio Ryudiger potentsial yangi ish beruvchilar bilan erkin muzokaralar olib borishi mumkin bo'ladi. Ayni damda markaziy himoyachi bor e'tiborini "Real"ga qaratgan.