Saudiya klubi top hujumchiga yiliga 20 mln evro to'lashga tayyor

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassi faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.
29 yoshli futbolchini Saudiya Arabistoni chempionatining nomi oshkor etilmagan klubi sotib olmoqchi. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, gvineyalik futbolchiga katta shartlar - yiliga 20 million evro maosh bilan uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Seru Girassi "Borussiya" safida 65 ta o'yinda 45 ta gol urgan, shuningdek, futbolchi 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "Asalarilar" yulduzining Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 45 mln evro. Forvardning amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.