Saudiya klubi navbatdagi taklif miqdorini pasaytirgan

Madridning “Real” klubining braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior Saudiya Arabistoni gigantlarining radarida qolmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning so'zlariga ko'ra, "Al-Hilol" Vinisius uchun 100 million evro sarflashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Saudiya klubi braziliyalik uchun bundan uch barobar ko'p mablag' sarflashga tayyor edi, biroq hozir vaziyat o'zgargan. Xabarlarga ko'ra, Vinisiusning atrofidagilar uning "Marsel"ga qarshi (2:1) Chempionlar ligasi birinchi o'yinida asosiy tarkibda maydonga tusha olmaganidan xavotirda.