Saudiya klubi ispaniyalik darvozabon bilan shartnoma imzolaydi

Saudiya Arabistonining "Al-Fateh" klubi "Espanol" sobiq darvozaboni Fernando Pacheko bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 33 yoshli ispaniyalik darvozabon erkin agent sifatida Saudiya klubi a'zosiga aylanadi. Shartnoma 1+1 ko'rinishida tuziladi.
Pacheko hozirda yangi klubi safida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.