Saudiya grandi Deshamni bosh murabbiylikka olib kelmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamni kelgusi bosh murabbiy sifatida ko'rishni rejalashtirmoqda.
Agar kelishuv amalga oshsa, frantsuz mutaxassis jamoadagi hamyurtlari — Karim Benzema va N’Golo Kante bilan yana bir jamoada ishlashi mumkin bo'ladi.
Ammo 57 yoshli Desham hozircha o'z kelajagi haqida qaror qabul qilmagan va bu masala bo'yicha faqat 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin qaror chiqarishini ma'lum qilgan.