"Ar-Riyod" o'z maydonida Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida "Al-Hilol" bilan durang o'ynadi - 1:1.

Mehmonlar safida 26-daqiqada Markos Leonardo gol urdi. Mezbonlar safida 58-daqiqada Ibrohim Baesh o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

"Ar-Riyod" "Al-Hilol"ning barcha turnirlardagi 21 o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'ydi. Simone Indzagi jamoasi 2025 yil 19 sentyabrdan beri birinchi marta g'alaba qozona olmadi.

Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Hilol" 17 turdan so'ng 45 ochko jamg'arib, 1-o'rinda bormoqda. "Ar-Riyod" 11 ochko bilan 16-pog'onada bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.