Saudiya Arabistonida Jahon chempionati xarajatlari qisqartiriladi

Saudiya Arabistoni rasmiylarining 2034 yilgi jahon chempionatini tashkil etish bo'yicha rejalari o'zgarishi mumkin. Yangi stadionlarni yaratish bo'yicha loyihalarni qayta ko'rib chiqish zarurati neft narxining pasayishi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg'armasi daromadlarining qisqarishi bilan bog'liq, deb yozadi The Guardian.
Stadionlarni qurish bo'yicha arxitektorlarning hozirgi takliflari haddan tashqari qimmatga tushgani sababli, ular o'z loyihalarini qayta topshirishlari kerak bo'ladi. Ba'zi innovatsion echimlardan voz kechish rejalashtirilgan, ular orasida suriladigan tomlar va murakkab konditsioner tizimlari mavjud.
Byudjetning qisqarishi o'yin o'tkaziladigan joylarni tanlashga ham ta'sir qilishi mumkin. Dastlab o'yinlar butun mamlakat bo'ylab bir qator shaharlarda o'tkazilishi taxmin qilingan edi, ammo hozirda o'yinlarning aksariyat qismini zarur infratuzilmaning bir qismi mavjud bo'lgan hududlarda to'plash varianti ko'rib chiqilmoqda.