Sport Arena nashri jurnalist Matteo Morettoning ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, saudiyaliklar 53 yoshli ispaniyalik mutaxassisni jamoaga taklif etish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Martines 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin Portugaliya terma jamoasini tark etgan va iyul oyidan buyon ishsiz. Avgustda u Niderlandiya terma jamoasini boshqarish bo'yicha muzokaralar o'tkazgan, ammo yakunda ushbu lavozimga Xavi Ernandes tayinlangan.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni terma jamoasini grek mutaxassisi Georgios Donis boshqarmoqda. U joriy yilning aprel oyida lavozimga tayinlangan.

Qayd etish joiz, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi avvalroq Donisning iste'fosi haqidagi xabarlarni rad etgan va murabbiy o'z vazifasida ishlashda davom etishini ma'lum qilgan. Shuningdek, federatsiya Martines bilan kelishuvga erishilgani haqidagi ma'lumotlarni ham tasdiqlamagan.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 17 noyabr kuni Dohada O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.