"Ar-Riyodiyah" nashri manbasiga ko'ra, saudiyaliklar navbatdagi 31 kunlik tanaffusdan so'ng poytaxt Ar-Riyodda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi. Agar stadionni tayyorlash bo'yicha barcha ishlar o'z vaqtida yakunlansa, O'zbekistonga qarshi bahs Imom universiteti o'yingohida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Mazkur o'rtoqlik o'yinlari Saudiya Arabistoni uchun 7 yanvardan 6 fevralga qadar o'z uyidagi uchta shaharda bo'lib o'tadigan 19-Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.