Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rahbari terma jamoaning muvaffaqiyatsizligidan so'ng iste'foga chiqdi

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yasir al-Mishal mamlakat terma jamoasi JCh-2026 pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan so'ng o'z lavozimini tark etdi.
Guruh bosqichida gretsiyalik murabbiy Georgios Donis qo'l ostidagi jamoa Urugvay (1:1) va Kabo-Verde (0:0) bilan durang o'ynadi, shuningdek, Ispaniyaga (0:4) yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
«Men va hamkasblarim Saudiya futboliga xizmat qilish uchun bor kuchimizni ishga soldik hamda vatanimiz va muxlislarimizning orzu-umidlarini ro'yobga chiqarishga chin dildan intildik.
Biroq milliy terma jamoamizning Jahon chempionatining keyingi raundiga yo'l ololmagani umumiy ambitsiyalarimizga mos kelmaydigan natija bo'ldi.
Buning uchun to'liq mas'uliyatni o'z zimmamga olaman va terma jamoadan bundan ko'ra munosibroq ishtirok kutgan barchadan uzr so'rayman.
Joriy muddatim yakuniga etgunga qadar o'z faoliyatimni davom ettirmaslikka qaror qildim. Belgilangan tartib va reglamentlarga muvofiq, tez orada yangi direktorlar kengashini saylash jarayonini boshlaymiz», – dedi 2019 yildan buyon ushbu lavozimni egallab kelgan funktsioner.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar