Angliyalik sobiq hujumchi Kris Sattonning fikricha, "Manchester Yunayted" darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishga muhtoj.

"Altay Bayindir jarima maydoniga havodan uzatilgan to'plarni ushlashda qiynalmoqda, Onana esa kontsentratsiya etishmasligidan aziyat chekmoqda. U bu oqshom kuchli o'yin ko'rsatishni mo'ljallaganmidi, bilmayman, lekin uddalay olmadi. Bunday o'yindan keyin Amorim unga qanday ishonishi mumkin? Biroq, albatta, gap faqat darvozabon haqida emas," - deya Sattonning so'zlarini keltiradi BBC.