Kris Satton Xarri Keyn haqida gapirdi. 

"U bilan birga yoki unga qarshi o'ynaganlarning hammasi undan qo'rqishadi. Keyn uzoq vaqt davomida Angliyaning birinchi raqamli o'yinchisi bo'lib kelgan. Ba'zida u qattiq tanqid qilinadi.

Lekin yuqori saviyada o'ynagan hech kim undan shubhalanmaydi. O'ylaymanki, aksariyat xolis muxlislar Xarri Keyn qanday futbolchi ekanligini tushunishadi.

U hech qachon tezkor o'yinchi bo'lmagan, lekin etarlicha aqlli. U o'yinga chuqur ta'sir o'tkazish qobiliyatiga ega", dedi Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Satton.