Satton Angliyaga Argentina ustidan g'alaba qozonish uchun nima kerakligini aytdi

JCh-2026 yarim finalida Angliya va Argentina terma jamoalari to'qnash kelishadi. Bo'lajak bahs haqidagi o'z fikrlari bilan «Chelsi»ning sobiq hujumchisi Kris Satton o'rtoqlashdi.
«Argentina maydonda tsirk uyushtirishni yaxshi ko'radi. Agar o'yin ingliz futbolchilarining asabini buzadigan xaosga aylansa, ular bundan xursand bo'lishadi. Tuxel shogirdlari xotirjamlikni saqlashi kerak, shundagina ular ishonchli g'alabaga erishadi. Shuningdek, Argentina o'yinni ikkita chetlatish bilan yakunlashi mumkin deb o'ylayman», — deya Sattonning so'zlarini keltiradi Daily Mirror.
O'yin 15 iyul kuni Atlantadagi stadionda bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar